Joriy yilning 19-oktabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda akademiya Axborot-resurs markazi rahbari M.Poʻlatova, kutubxona xodimlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, 1-2-3-4-kurs hamda 1-2-kurs magistratura talaba-yoshlari.
Mehmon sifatida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlar doktori S.Muxamedova ishtirok etdi.
“Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi professori, filologiya fanlari nomzodi R.Jomonov “Oʻzbek tilini oʻrganishdagi tadqiqotlar va muammolar” mavzusida, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlar doktori S.Muxamedova “Ona tili-millatning ruhi” mavzusida maʼruza qildilar.
Axborot-resurs markazi tomonidan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” nomli kitoblar ko‘rgazmasi hamda “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi bilan hamkorlikda kitob savdosi tashkil qilindi. Ushbu tadbirda akademiyaning «O’zbek tili va adabiyoti» kafedrasi «Adabiyot gulshani» to’garagi a’zolari tomonidan aytilgan ona-tilimizga bagʻishlangan sheʼrlar, R.Rasulova hamda A.Babeshkolarning raqs ijrolari, “Nozanin” dutorchi qizlar ansambli hamda S.Mavlonov tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar bayram shukuhiga yanada koʻtarinkilik ulashdi.