Davlat test markazi test savollarini tuzish va test sinovlarini oʻtkazish boʻyicha dunyodagi eng yirik tashkilotlardan biri boʻlgan AQSHning Educational Testing Servise (ETS) tashkiloti bilan hamkorlikda  TOEFL ITP imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazishni yoʻlga qo‘ydi.

Unga koʻra, DTM tomonidan oʻtkaziladigan TOEFL ITP imtihonlari xalqaro miqyosda tan olinadi hamda imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikati beriladi.

TOEFL ITP test sinovlari DTM huzuridagi Ilmiy-oʻquv amaliy markazi tomonidan har oy DTM binosida onlayn tarzda oʻtkaziladi.

Mazkur test sinovining oʻziga xos jihati talabgor test sinovi yakunlanishi bilan oʻz natijasini bilib oladi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 25-oktabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtib, test sinovida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovi roʻyxatga olish yakunlangach 10 kundan soʻng DTMda oʻtkaziladi.

Test sinovi uchun toʻlov bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravarini (945 000 soʻm) tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga binoan C1 darajaga toʻgʻri keluvchi TOEFL ITP sertifikatiga ega boʻlgan ta’lim muassasalarining xorijiy tillar oʻqituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama beriladi.

Manba: Axborot xizmati

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

You may use these HTML tags and attributes:

<a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <s> <strike> <strong>